Главная » 2018 » Январь » 26 » O‘zbekistonda 27-yanvardan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda
20:35

O‘zbekistonda 27-yanvardan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda


27-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8—10, kunduzi 2—4 daraja sovuq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi 15—20, kunduzi 7—12, Ustyurt bo‘ylab kechasi 23—28, kunduzi ba’zi joylarda 12—17 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida kechasi 12—17, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 10—15, kunduzi 2—7, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15—20, kunduzi 7—12 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 10—15, kunduzi 5—10 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя