Главная » 2020 » Ноябрь » 2 » O‘zbekistonda aholiga oltin quymalar sotila boshlandi. Narxlari bilan tanishing!
22:25

O‘zbekistonda aholiga oltin quymalar sotila boshlandi. Narxlari bilan tanishing!


Bugun, 2-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Ushbu oltin quymalar aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgani ma’lum qilindi.

Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi ma’lumotlar Markaziy bankning veb-saytida e'lon qilindi.

Hozirda oltin quymalarni sotish narxi 5 grammi uchun – 3 436 000 so‘m, 10 gramm – 6 623 000 so‘m, 20 gramm – 13 121 000 so‘m, 50 grammi uchun – 32 177 000 so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalarini sotishni yo'lga qo'ygandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aholiga, O‘zbekistonda, Oltin, quymalar, Narxlari bilan tanishing, sotila boshlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя