Главная » 2021 » Март » 16 » O‘zbekistonda AI-80 benzinining narxi arzonlashdi
11:40

O‘zbekistonda AI-80 benzinining narxi arzonlashdi


«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga 24 914,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 12 471,03 tonnasi, ya’ni 50,0 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 38 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 246,3 ming so‘mdan 6 159,6 ming so‘mgacha yoki 1,4 foizga pasaygan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 234,5 ming so‘mni, AI-91 – 7 917,0 ming so‘mni tashkil etgan. 

Avvalroq, O‘zbekistonda bir oyda qancha benzin ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: narxi, benzinining, AI-80, arzonlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя