Главная » 2020 » Март » 23 » O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi
18:10

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi


O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi noma’lum muddatga kechiktirildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror koronavirus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun qabul qilingan.

“O‘zbekiston Qurolli kuchlari muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarsiz ham mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi hamda barqarorlikni ta’minlash qudratiga ega. Navbatdagi chaqiruvning kechiktirilishi milliy armiyamiz salohiyatiga putur yetkazmaydi”, — deya munosabat bildirdi Mudofaa vazirligidagi mutasaddi shaxs.

Ma’lum qilinishicha, chaqiruvning kechikishi armiya safidagi muddatli hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ham tatbiq etiladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun shartnoma imzolab, to‘lovni bajargan shaxslar reja asosida o‘rnatilgan tartibda xizmatni keyinroq o‘tashi aytilmoqda.

“Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — virus tarqalishiga qarshi kurashish. Chaqiruv uchun nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, ularning yaqinlari marosimlar uchun yig‘ilishi mumkin. Shularni inobatga olib, chaqiruvni kechiktirish maqsadga muvofiq, deb topildi”, — deydi suhbatdosh.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя