Главная » 2018 » Апрель » 20 » O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi
20:48

O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi


O‘zbekistonda amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi joriy etiladi, deb yozadi Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, transport vositalari uchun qog‘oz hujjatlar bekor qilinadi, barcha tegishli ma’lumotlar avtomobil egalarining ID-kartalariga kiritiladi.

1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.

1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobil raqamlari, xalqaro raqamlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя