Главная » 2021 » Июль » 11 » O‘zbekistonda chiroyli avtoraqam sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
21:47

O‘zbekistonda chiroyli avtoraqam sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi


O‘zbekistonda chiroyli avtoraqam sotilishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Spot O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib.

2021-yilning dastlabki 6 oyida o‘zbekistonliklar 70 mingdan ortiq chiroyli avtoraqamlar sotib olishga jami 139 milliard so‘m sarflagan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sgan.

Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilda onlayn auksionlar orqali 243 milliard so‘mlik, 2019-yilda esa 156,1 milliard so‘mlik chiroyli raqamlar sotilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sotuvi, Chiroyli, avtoraqam | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя