Главная » 2018 » Апрель » 17 » O‘zbekistonda diniy yo‘nalishdagi yangi telekanal ochiladi
19:35

O‘zbekistonda diniy yo‘nalishdagi yangi telekanal ochiladi


O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan bir necha diniy ta’lim muassasalar faoliyatini umumlashtiruvchi, yangi ta’lim muassasasi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi asosiy media tuzilma — “Ziyo” media markazi tashkil etiladi. Uning aosiy vazifasi: dinning asl insonparvarlik mohiyatini, O‘zbekistonlik allomalar islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan diniy-ilmiy merosini, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, “Ziyo” media markazi 2021 yilning 1 mayiga qadar tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, telekanal ochiladi, Yangi, yo‘nalishda, diniy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя