Главная » 2021 » Ноябрь » 11 » O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin
14:45

O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin


O‘zbekistonning “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022-yil uchun budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasi e’lon qilindi.Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi va 2022-yil uchun budjetnoma mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan va so‘nggi besh yilda amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirishga qaratilgan.

Jumladan, 2022-yil uchun davlat budjeti loyihasini shakllantirish jarayonida budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar miqdori va maqsadli indikatorlar belgilangan. Bunda, davlat budjeti hisobidan rivojlantirish dasturlari mavjud bo‘lmagan ayrim vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlari ularning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.

2022-yil uchun davlat budjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trillion so‘mni (YaIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trillion so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trillion so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda. 2022-yil uchun davlat budjeti daromadlarini prognozi budjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.

Jumladan, prognozlarda valyuta kursidagi (1 AQSh dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘m), strategik mahsulotlarning narxlari (1 troya unsiya oltin narxi — 1 700 dollar, kumushning narxi — 25 dollar, misning 1 tonnasiga — 8 500 dollar, 1000 metr kub tabiiy gazning eksport narxi – 100 dollar) kutilayotgan o‘zgarishlar inobatga olingan.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali 2022-yil uchun Budjet loyihasi ishlab chiqilishi kechikayotganini ma’lum qilgandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, ko‘tarilishi, mumkin, yilda, 2022, 11 300, kursi, dollar, so‘mgacha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя