Главная » 2017 » Апрель » 10 » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
21:06

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 11-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3650 so‘m 74 tiyin etib belgilandi. Bu 4-apreldagi kursga nisbatan 27 so‘m 67 tiyinga ko‘p.

11-apreldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3894 so‘m 88 tiyin (4-apreldagi kursga nisbatan 19 so‘m 54 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 64 so‘m 14 tiyin (4-apreldagi kursga nisbatan 60 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oshdi, rasmiy kurs, Dollar | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя