Главная » 2017 » Февраль » 1 » O‘zbekistonda hafta ohirida havo harorati keskin pasayadi
12:10

O‘zbekistonda hafta ohirida havo harorati keskin pasayadi


O‘zbekistonda fevral oyining ilk kunlari yog‘ingarchiliklar va biz uchun noodatiy bo‘lgan sovuqlar bilan boshlanadi.

Yaqin kunlarda mamlakatimizga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.

2 fevraldan sinoptiklar yog‘ingarchilik bashorat qilishdi: yomg‘ir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika bo‘yicha kunduzi havo harorati o‘rtacha 0 -5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.

5-6 fevral kuni havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib o‘tadi, tunda esa yanada sovuqroq bo‘ladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni ko‘rsatadi. O‘zgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.

Fevralning ilk kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, joylarda tuman tushadi.

1 fevral kuniga ob-havo ma’lumoti

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя