Главная » 2021 » Апрель » 5 » O‘zbekistonda havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi
17:56

O‘zbekistonda havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi


O‘zbekistonda 4-5 aprel kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keldi. Bu esa Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Tog‘ oldi hududlarida esa kuchli yomg‘ir yog‘di.

Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchaydi. Ushbu hafta boshidan esa havoning o‘zgarishi, yog‘ingarchiliksiz iliq havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Xususan, 6 apreldan Respublikaning shimoliy hududlariga Erondan iliq va quruq havo massalari kirib kela boshladi. Havo harorati 18-20°ko‘tariladi. Ayrim tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yogishi mumkin.

7-9 aprel kunlarida esa iliq havo massalari  O‘zbekistonnig barcha hududlariga tarqaladi. Havo harorati Markaziy sharqiy hududlarda kunduzi 23-26°, shimolda va janubda 27-32° gacha iliqlashadi.


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя