Главная » 2017 » Июль » 24 » O‘zbekistonda havo harorati +44 darajagacha ko‘tariladi
18:24

O‘zbekistonda havo harorati +44 darajagacha ko‘tariladi


Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, 25 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.

Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkentda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +38... +40, kechasi esa +22... +24 darajada bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +37... +42, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi +39... +44, kechasi +23... +28 darajada bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +39... +44, kechasi +24... +29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +39... +44 daraja, kechasi esa +23... +28 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, ob-havo, havo harorati, ko'tariladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя