Главная » 2016 » Октябрь » 27 » O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi
17:11

O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi


Darakchi.uz nashriga O‘zgidrometdan xabar berishlaricha, 2 kun sovuqdan so‘ng 27 oktyabrdan termometr ustuni darajalar ko‘tariladi. 

Aytish joizki, so‘nggi kunlarda havo harorati iqlim me’yoridan 6-8 daraja past bo‘ldi. Bu Ural hududidan sovuq havo oqimining kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 

O‘zbekistondagi oktabr oyi uchun bunday sovuq xos emas, sababi so‘nggi yillarda mamlakatimizda iliq kuz kuzatiladi, deya xabar beradi O‘zgidromet. 

Shunga qaramay sovuq kunlarda harorat rekordi qayd etilmadi. So‘nggi marta eng sovuq oktabr 1909 yilda qayd etilgandi – minus 11˚S.

Eng issiq oktabr rekordi 1984 yilda qayd etilgan – +35 ˚S.
27 va 30 oktabr kunlari poytaxtimizda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, 28-29 oktabr kunlari ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27 oktabr kuni tunda kechasi - 2˚S sovuq -3˚S iliq, 28-30 oktabr kunlari 2-7˚S iliq bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя