Главная » 2018 » Январь » 24 » O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi
23:07

O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi


Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida mamlakat ichida yashash va harakatlanish uchun ID-karta joriy etish tashabbusi ham ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Bundan tashqari, “fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida” xorijga chiqish tartibini soddalashtirish ham rejalashtirilgan. Ushbu o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 20-aprelga qadar ishlab chiqilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Davlat dasturida amaldagi milliy pasportni chet elga chiqish pasporti deb tan olish, O‘zbekiston ichida yashash va harakatlanish uchun ID-karta joriy etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Tasdiqlangan hujjat taklif etilganidan farq qiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ID-kartalar, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя