Главная » 2019 » Декабрь » 25 » O‘zbekistonda ikki yilda salkam 300 mlrd so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotildi
10:15

O‘zbekistonda ikki yilda salkam 300 mlrd so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotildi


O‘zbekistonda ikki yil ichida 58 mingdan ortiq chiroyli avtoraqam kimoshdi savdolari orqali sotildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov ma’lum qildi.

O‘zbekiston hukumatining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan, 2017-yil sentabridan chiroyli, talabgir (“zolotoy”) avtoraqamlarni oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha birja orqali sotilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 1-sentabridan 2019-yil 1-dekabrigacha auksionga qo‘yilgan 91 767 davlat raqam belgilaridan 58 610 tasi sotilgan. Shundan davlat budjetiga 300 milliard so‘mga yaqin mablag‘ tushgan (har bir raqam o‘rtacha 5,1 million so‘mdan sotilgan).

“Ushbu mablag‘ning 80 foizi davlat, 20 foizi esa Ichki ishlar vazirligi hisobiga yo‘naltirildi”, — deya Azizbek Ikromovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя