Главная » 2021 » Март » 15 » O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerak bo‘ladi?
19:33

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerak bo‘ladi?


AQShning Perdyu universiteti olimlari insonlar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun qancha mablag‘ kerakligi borasida tadqiqotlar olib borishdi va 160 mamlakat reytingini e’lon qilishdi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun yiliga 21 960 dollardan ko‘proq mablag‘ topishlari kerak.

Baxt uchun eng kam pul "talab qilinadigan" mamlakatlar esa Surinam (6 799 dollar), Argentina (8 788 dollar), Angola (8 921 dollar), Qirg‘iziston (8 997 dollar) va Eron (10 134 dollar) bo‘ldi.

Bu borada eng yuqori ko‘rsatkichlar Bermud orollari (143,933 dollar), Avstraliya (135 321 dollar), Isroil (130 457 dollar), Shveysariya (128 969 dollar) va Yangi Zelandiya (128 844 dollar) aholisiga tegishli bo‘ldi.

Shaharlar orasida Nyu-York (baxtli bo‘lish uchun) eng qimmat shahar deb topilib, u yerda buning uchun sizga o‘rtacha 139 183 dollar kerak bo‘ladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Baxtli, Inson, Pul, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя