Главная » 2020 » Ноябрь » 28 » O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni ma’lum qilindi
16:59

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni ma’lum qilindi


O‘zbekiston jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2020-yil 1-oktabr holatiga 3 083849 tani tashkil qilmoqda. Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha bu haqda 27-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mita yig‘ilishida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov ma’lum qildi.

Yig‘ilishda 2018—2022-yillarda O‘zbekistonda Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berilgan.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining eng ko‘pi Toshkent shahri (487 507 ta), Samarqand viloyati (366 558 ta) hamda Toshkent viloyati (299 801 ta) hududlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida 42 869 kilometr uzunlikdagi yo‘llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar 3993 kilometrni, davlat ahamiyatidagi yo‘llar 14 203 kilometrni, mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar esa 24 673 kilometrni tashkil qiladi.

Respublikadagi yo‘l-patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qiladi.

2020-yilning 9 oyi davomida respublika bo‘yicha hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan 182 010 ta davlat raqami berilgan. Shundan 157 274 tasi umumiy tartibda, 24 463 tasi oshirilgan narxda – auksion orqali hamda 273 tasi xaridorgir, ya’ni buyurtma asosida berilgan. Davlat budjetiga 2020-yilning 9 oyi davomida 196,7 milliard so‘m mablag‘ tushirilgan.

Shuningdek, Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati tomonidan 2020-yilning 9 oyi davomida 27 116 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalariga ruxsatnoma berilgan.

Shu vaqt davomida respublika bo‘yicha joriy 2 092 847 ta transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan 600 700 tasi texnik holati belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar foydalanish uchun taqiqlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jismoniy shaxslarga, O‘zbekistonda, avtomobillar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя