Главная » 2020 » Март » 9 » O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha 700 mln dollarlik dasturlar amalga oshiriladi
22:31

O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha 700 mln dollarlik dasturlar amalga oshiriladi


O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha 700 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni ko‘zda tutilgan

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma'lum qildi.

«Xabaringiz bor, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo‘nalishda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik.

Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak: kambag‘allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg‘otish zarur», - deydi davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atroflicha o‘rganib, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

«Biz bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atroflicha o‘rganib, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha shu yilning o‘zida 700 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqdamiz», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, prezident Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatdagi kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanini ma'lum qildi.

«Hududlarda, ayniqsa qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega emasligi hech kimga sir emas. Buni yashirib yurishga haqqimiz yo‘q. Endi ochiqcha aytishimiz kerak. Hurmatli deputatlar ham, senatorlar ham shuni bilishi kerak.

Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi, bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu – kichkina raqamlar emas. Gap 4-5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu – juda katta raqam», - dedi davlat rahbari.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя