Главная » 2020 » Март » 15 » O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan - Abdulla Aripov
16:26

O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan - Abdulla Aripov


O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uchun ko‘riladigan choralar qat'iylashtiriladi.

Prezident Bosh prokurorga bu borada tegishli topshiriqlar bergan, deb ma'lum qilindi bugun Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan, karantinli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun belgilangan majburiy qoidalarni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Koronavirus aniqlangan dastlabki bemor Toshkentga 11 mart kuni Parijdan uchib kelgan bo‘lib, hozirda reysning 20dan ortiq boshqa yo‘lovchilari, bemorning oila a'zolari va u muloqotda bo‘lgan o‘nlab fuqarolar – jami 150 nafarga yaqin kishi izolyatsiyaga olingan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 16 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to'xtatdi. Endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя