Главная » 2016 » Октябрь » 24 » O‘zbekistonda Koreya kinofestivali boshlandi
12:49

O‘zbekistonda Koreya kinofestivali boshlandi


O‘zbekistonda 17-oktabr kuni Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Koreya kinofestivali start oldi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Beshinchi bor uyushtirilgan kinofestival Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Korea Festival 2016 koreys madaniyati festivali doirasida o‘tkazilmoqda.

Kinofestival doirasida “Otamga qasida”, “Detektiv K”, “Himolay” va “Meni tutib ol” filmlari namoyish etiladi.

Janubiy Koreya elchixonasi tadbir davomida “Koreya — O‘zbekiston do‘stligi” mavzusida rasmlar tanlovi, Orion, Samsung Electronics, Navoi Beauty Cosmetics, Keymdo Cosmetics va boshqa kompaniyalar ishtirokida koreys mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari dasturiga koreys xalq o‘yinlari va koreys milliy liboslari kiritilgan boshqa tadbirlar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: O‘zbekistonda, Koreya kinofestival | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя