Главная » 2020 » Май » 26 » O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni ortdi
23:12

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni ortdi


Joriy yilning 19 may kuni samarqandlik I. viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda  yotqizilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida unda COVID-19 infeksiyasi  tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi  63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironligi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi  tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017 yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Shu yilning 25 may kuni bemorning  ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan.  

Bundan tashqari, vazirlikning turli yo‘nalishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan. 

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. Bu koronavirusdan vafot etgan o‘n to‘rtinchi bemor bo‘ldi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3281 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 2636 nafari sog'aygan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qurbonlari, O‘zbekistonda, Koronavirus, soni ortdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя