Главная » 2020 » Март » 9 » O‘zbekistonda koronavirus tufayli barcha sport musobaqalari va xalqaro tadbirlar to‘xtatildi
22:14

O‘zbekistonda koronavirus tufayli barcha sport musobaqalari va xalqaro tadbirlar to‘xtatildi


Jahonga tarqalayotgan COVID-19 koronavirusi sabab O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя