Главная » 2020 » Июнь » 20 » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi
15:21

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev «Kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirlarining xabar berishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi»ga aylanadigan «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.

«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi», - deyiladi «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida.

Ta'kidlanishicha, turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish faqat «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» reyestriga kiritilgan obektlarda amalga oshirilishi mumkin. 

Turistik hududlarning ma'muriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, 3 ming dollar miqdorida, koronavirus yuqtirib olgan sayyohla, kompensatsiya to‘lab beriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя