Главная » 2020 » Май » 10 » O‘zbekistonda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 1900 nafarga yaqinlashdi
19:57

O‘zbekistonda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 1900 nafarga yaqinlashdi


Bugun, 10 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, jami 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi ushbu hududdan (6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 101 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 109 nafarni tashkil etmoqda.

Farg‘onada tuzalganlarning 1 nafari (27 yoshli ayol) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari (23 yoshli ayol va 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq) esa Andijon viloyatidan bo‘lib, Istambul – Farg‘ona yo‘nalishidagi charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 136 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 139 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1881 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2411 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yaqinlashdi, koronavirusdan, forig‘, O‘zbekistonda, bo‘lganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя