Главная » 2020 » Июль » 2 » O‘zbekistonda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 6 000 nafardan oshdi
22:58

O‘zbekistonda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 6 000 nafardan oshdi


Bugun, 2 iyul kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy  viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog‘aydi. 

Navoiy viloyatida esa COVID-19 dan tuzalganlarning soni 252 nafarga yetdi.

Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor COVID-19 dan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryoda 45 kishi koronavirusdan sog‘aygani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, 6 000 nafardan oshdi, koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя