Главная » 2020 » Май » 4 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1400 nafardan oshdi
21:19

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1400 nafardan oshdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Sirdaryo viloyatida jami 35 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 4 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Shu soatlarda bir yo‘la to‘rtta hududda: Qoraqalpog‘istonda 17 nafar, Surxondaryoda 9 nafar, Xorazmda 8 nafar hamda Sirdaryoda 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, endilikda to‘liq sog‘ayganlar Qoraqalpog‘istonda 87 nafar, Surxondaryoda 29 nafar, Xorazmda 153 nafar hamda Sirdaryoda 5 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugunning o‘zida 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1405 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2181 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 766 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2181 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘ayganlar, koronavirusdan, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя