Главная » 2020 » Май » 18 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2300 nafardan oshib ketdi
19:59

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2300 nafardan oshib ketdi


Toshkent shahrida 21 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun,18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 21 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 751 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 772 nafarga yetdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda bugunning o‘zida 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o'ramiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha koronavirus yuqtirganlar soni 2779 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: O‘zbekistonda, koronavirusdan, sog‘ayganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя