Главная » 2020 » Май » 31 » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2800ga yaqinlashdi
16:08

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2800ga yaqinlashdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 7 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2790 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Past Darg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda. 

Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar soni 281 nafarga yetdi. 

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 2790 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 750 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, tuzalganlar, yaqinlashdi, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя