Главная » 2020 » Июнь » 19 » O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?
22:45

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?


AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Brifingda aholi tomonidan yo‘llangan savollarga javob qaytarildi. Jumladan, “Koronavirus Info Telegram kanalida Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydirilishi haqida ma’lumot o‘qidim. O‘zbekistonda ham shunday chora ko‘riladimi?”, deb so‘raldi.

Botir Qurbonovning bildirishicha, COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qat’iy sanitariya-gigiyena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib, Islom dini urf-odatlari bo‘yicha dafn etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 19-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 nafarga yetdi. Ularning 4273 nafari sog'ayishga erishgan, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jasadi, kuydiriladimi, O‘zbekistonda, koronavirusdan vafot etganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя