Главная » 2020 » Апрель » 21 » O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi
17:55

O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bir bemor bugun pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 6 nafarga yetdi.

«Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. yurak ishemik kasalligi, gipertoniya ikkinchi darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  Covid-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. 73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, Bemor, O‘zbekistonda, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя