Главная » 2020 » Апрель » 23 » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorni davolash qanchaga tushyapti? Vazir javob berdi
15:52

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorni davolash qanchaga tushyapti? Vazir javob berdi


O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda, muolajalar olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 23 aprel kuni tashkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilinmoqda.  Og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorlarga o‘rtacha 64 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda. 

Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanmoqda”, dedi Alisher Shodmonov.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 450 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, Vazir, qanchaga tushyapti, davolash, javob berdi, chalingan, koronavirusga, bemorni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя