Главная » 2021 » Апрель » 1 » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi
09:49

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi


Bugun, 1 apreldan bir yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zbekistonliklarga xavf solib turgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab vaksinatsiya jarayonlarida ZF-UZ-VAC2001 – o‘zbek-xitoy vaksinasi va Yevropaning AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

Buning uchun mamlakat bo‘ylab  3138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar shay holatga keltirilgan. 

Hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari keltirilgan.

Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil iyun oyigacha O‘zbekistonga yana 5,5 mln doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelinishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: emlash, qarshi, Ommaviy, boshlandi, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя