Главная » 2018 » Февраль » 21 » O‘zbekistonda kriptovalyuta va elektron pullar qonuniylashtiriladi
20:28

O‘zbekistonda kriptovalyuta va elektron pullar qonuniylashtiriladi


Joriy yil 1 iyunga qadar Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazi qoshida Keng tarqalgan texnologiyalarni ruyxatga olish markazi tashkil etiladi.

Uning asosiy vazifalari blokcheyn imkoniyatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, inson resurslarini kengaytirish va ushbu texnologiyani o‘zlashtirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlashdan iborat bo‘ladi.

Hujjat Prezidentning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ishlab chiqilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston PayPal, Alipay, Visa va Mastercard kabi xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalangan holda, bevosita to‘lov texnologiyalarini faol rivojlantiradi va rag‘batlantiradi.

Bu endilikda O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan ishlash amaliyotini joriy qilishni nazarda tutadi.

Ushbu yo‘nalishda qator tadbirlar 2018 yil 1 iyungacha ishlab chiqiladi.

Ma’lumot uchun, blokcheyn – axborotni o‘z ichiga olgan aniq qoidalar asosida qurilgan doimiy bloklar (bog‘langan ro‘yxati)dir.

Ko‘p hollarda, bloklar zanjiri nusxalari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi.

Blokcheynning an’anaviy bank tranzaksiyasidan afzalligi – vositachilarning yo‘qligidadir.

Bunda mijoz istalgan vaqtda o‘z hisobidagi mablag‘ini tasarruf etish imkoniga ega bo‘ladi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: elektron pullar, kriptovalyuta | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя