Главная » 2020 » Май » 12 » O‘zbekistonda kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti
09:52

O‘zbekistonda kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti


12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi.

12-14 mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin.

Shamolning tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/sgacha yetishi mumkin.

12-14 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Avvalroq, O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: momaqaldiroq, bo‘lishi kutilyapti, kuchli shamol, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя