Главная » 2020 » Март » 15 » O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi
14:19

O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi


O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16 martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. Virus Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayolda aniqlandi. Ayolning oila a’zolari va u bilan bir reysda kelganlar karantinga olinishin ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя