Главная » 2020 » Август » 12 » O‘zbekistonda masjidlar qachondan ochilishi ma’lum bo‘ldi
19:09

O‘zbekistonda masjidlar qachondan ochilishi ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 17 avgustidan O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar faoliyatiga ham ruxsat beriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin yumshatish bo‘yicha yig‘ilishda shu haqda aytib o‘tdi. 

Prezident diniy tashkilotlarga juma, shanba va yakshanbadan boshqa kunlarda ishlashga ruxsat berish kerakligini ta’kidladi.

Undan avvalroq, diniy soha vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda diniy tashkilotlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi.

Masjidlar qay tartibda, qaysi hududlarda ochilishi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda hududlarni “qizil”, “sariiq” va “yashil” toifalarga ajratish tartibi o‘rnatilgan vaqtda “yashil” toifadagi shahar va tumanlarda 8 iyundan masjidlar ochilgandi.

Biroq epideomilogik vaziyat yomonlashgani sababli 10 iyuldan diniy tashkilotlar faoliyati qayta taqiqlangandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: masjidlar, ma’lum bo‘ldi, O‘zbekistonda, qachondan ochilishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя