Главная » 2020 » Январь » 6 » O‘zbekistonda masjidlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi
13:47

O‘zbekistonda masjidlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2019-yilda 10 ta yangi jome masjid ochildi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shu bilan masjidlar soni 2066 taga yetgan. Jumladan, Toshkent shahrida “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg‘onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagan.

Shuningdek, respublika bo‘ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta’mirdan chiqarilgani, masjidlar qurish va ta’mirlash ishlari 2020-yilda ham davom ettirilishi ta’kidlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя