Главная » 2021 » Апрель » 11 » O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi
18:36

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlari keskin oshgani bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasini e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan. Bunda, Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq, respublika bo‘yicha o‘simlik yog‘i talab yiliga 300 ming tonnadan ortiq deb baholanmoqda.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.

Import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ta’kidlangan.

“Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, — deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘simlik, yog‘i, narxining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя