Главная » 2020 » Июнь » 20 » O‘zbekistonda OTMga kirish uchun hujjat topshirish boshlandi
09:18

O‘zbekistonda OTMga kirish uchun hujjat topshirish boshlandi


Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish boshlandi. Qabul jarayoni 1 oy 20 iyulgacha davom etadi.

Hujjatlar to‘liq onlayn shaklda topshiriladi. Buning uchun ikkita platforma ishlab turadi:

•    Davlat test markazining sayti (abitur.dtm.uz);

•    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Shuningdek, joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangan:

bakalavriat:

kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.

magistratura – 10 425 nafar.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topshiriladi. Shuningdek, imtihon jarayonlari 2 smenada emas, balki 3 smenada amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlarni 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkazish belgilangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: OTMga kirish uchun, O‘zbekistonda, hujjat topshirish boshlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя