Главная » 2020 » Август » 19 » O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi
19:14

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi


Davlat test markazi yangi o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar ro‘yxatini e'lon qildi. Unga ko‘ra imtihonlar uchun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 40 ta stadion va xiyobon (65 ta sektor) jalb etiladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 2 ta hudud, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 tadan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 6 tadan, Samarqand viloyatida esa 7 ta hudud jihozlanadi.

Toshkentda kirish imtihonlari 17 ta joyda o‘tkaziladi. Ularning 3 tasi “Paxtakor” stadioni hududida, 4 tasi Milliy bog‘da, 2 tasi Talabalar shaharchasi (O‘zbekiston Milliy universiteti)dagi xiyobonda, 5 tasi “Ashxobod” bog‘ida, 1 tasi G‘alaba bog‘i va 2 tasi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

2020/2021-o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 91 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallarda ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 2-sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi. Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.

Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi.  Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: stadion, xiyobonlar, ro‘yxati, O‘zbekistonda, e’lon qilindi, OTMlarga, kirish imtihonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя