Главная » 2021 » Январь » 5 » O‘zbekistonda qattiq sovuq qachongacha davom etadi?
08:35

O‘zbekistonda qattiq sovuq qachongacha davom etadi?


O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Kechalari sovuq 5—10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12—17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0 daraja sovuqdan oshmaydi.

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8—10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Demak, anomal sovuq yana bir necha kun davom etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sovuq, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя