Главная » 2021 » Ноябрь » 10 » O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan “Hizb ut-Tahrir” yetakchisi Qirg‘izistonda ushlandi
22:19

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan “Hizb ut-Tahrir” yetakchisi Qirg‘izistonda ushlandi


Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan fuqaro Sh.Sh. 4-noyabr kuni O‘shda qo‘lga olingan. U Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida ham “Hizb ut-Tahrir” tuzilmalarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha yashirin ishlarda o‘z sheriklari bilan faol ishtirok etgan.

Fuqaro soxta pasport bilan Qirg‘iziston hududida yashirinib kelgan. Xabarda aytilishicha, ayni paytda u hibsga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ushlandi, bo‘lgan, O‘zbekiston, yetakchisi, Qidiruvda, Qirg‘izistonda, ut-Tahrir, Hizb | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя