Главная » 2020 » Апрель » 20 » O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi ma’lum qilindi
20:38

O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi ma’lum qilindi


Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi

Unga ko‘ra, "Muborak Ramazon oyining jamiyatimizdagi ma’naviy-ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, hozirgi murakkab sinov va mashaqqatlarni xalqimiz, butun jahon ahli bilan o‘zaro birlik va hamjihatlikda yengib o‘tishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda:

2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qaror bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari o‘zaro hamkorlikda Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mavjud epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, diniy-ma’rifiy ruhdagi onlayn suhbat va ma’ruzalar tashkil etish, bu yilgi Ramazon oyini uy sharoitida o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni yoritish tavsiya etiladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlanish, ma’lum qilindi, O‘zbekistonda, Ramazon, oyining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя