Главная » 2020 » Январь » 5 » O‘zbekistonda shifokor va dorixona o‘rtasidagi “kelishuvlar”ga taqiq qo‘yiladi
13:40

O‘zbekistonda shifokor va dorixona o‘rtasidagi “kelishuvlar”ga taqiq qo‘yiladi


Tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga dori vositalari retseptini yozish bo‘yicha qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi. Bu Prezidentning 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Hujjatda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2020-yil 1-mayga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofotlar yoxud moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi har qanday boshqa rag‘batlar olishiga taqiq qo‘yish yuzasidan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish topshirildi.

Shuningdek, Qonunchilik palatasi dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя