Главная » 2018 » Май » 22 » O‘zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
21:51

O‘zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, «O‘zbektelekom» bosh direktori Farhod Ro‘ziev O‘zbekistonda Skype, WhatsApp, Viber ovozli ilovalar ishi tiklanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, respublikada Skype ommaviy messenjeridan taxminan 3-4 yildan beri foydalanish imkoni yo‘q edi. Bunga nima sabab bo‘lgani borasida rasmiy xabar ham berilmagan. Shuningdek, so‘nggi paytlarda WhatsApp va Viber bilan ham muammolar paydo bo‘lgandi.

Avvalroq, «O‘zbektelekom» yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini ishlab chiqishni muzlatib qo‘ygani xabar qilingandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: ishi tiklandi, O‘zbekiston, skype, Viber, WhatsApp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя