Главная » 2020 » Апрель » 23 » O‘zbekistonda sovuq ob-havo kutilyaptimi? Sinoptiklar rasmiy ma’lumot berdi
13:09

O‘zbekistonda sovuq ob-havo kutilyaptimi? Sinoptiklar rasmiy ma’lumot berdi


Avvalroq, yaqin kunlarda Qozog‘istonda havoning keskin o‘zgarishi va qor yog‘ishi haqida xabar bergan edik. Qozog‘istondagi ob-havoning o‘zgarishi, uning O‘zbekistonga ta’siri bor-yo‘qligi tabiiy ravishda odamlarni qiziqtiradi. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, bugun va ertaga Qozog‘istonning g‘arbiy hududlari Rossiyaning Yevropa tumanlaridan kirgan juda faol atmosfera fronti ta’sirida bo‘ladi.

Sovuq front o‘tishi natijasida Qozog‘iston gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar, kuchli shamol (23-28 m/s gacha) va haroratning sovib ketishini prognoz qilmoqda.

Qozog‘istondan o‘tayotgan oqim juda kuchsiz ko‘rinishda O‘zbekistonning faqat shimoli-g‘arbiy hududlariga ta’sir qiladi. 23 aprelda Qoraqalpog‘iston hududida, 24 aprelda esa Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi, harorat kechasi 7-12, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi.

24 aprel kechga borib Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetadi. 25 aprelda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va O‘zbekistonning janubiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 25 aprelda kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Biroq bu jarayon Qozog‘iston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq emas, bu Turkmaniston hududidan kirayotgan nam havo oqimi natijasidir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lumot berdi, Sinoptiklar, ob-havo, kutilyaptimi, Sovuq, rasmiy, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя