Главная » 2020 » Май » 5 » O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi
20:34

O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi


O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatiladi, xususan, maxsus stikeri yo‘q avtomobillar harakatiga nisbatan o‘rnatilgan cheklov bekor qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Yuksalish” umummilliy harakati.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan ikki hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirilgan. Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘istonda 857 ta korxona o‘z faoliyatini tiklagan.
Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda ish boshlashi uchun ruxsat beriladi.
“Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi. Vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanadi”, — deyiladi “Yuksalish” axborotida, biroq ruxsat qachondan berilishi ma’lum qilinmagan. Deputat Bobur Bekmurodovning qo‘shimcha qilishicha, ruxsat aynan qachondan boshlab amal qilishi borasida Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan so‘ng Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishiga taqiq qo‘yilgan, ulardan faqat maxsus stikerlar bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat berilgan edi. Bir muddat avval kunning ma’lum vaqtlarida shaxsiy avtomobildan foydalanishga ruxsat berilgan edi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: stikerlar bekor qilinadi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя