Главная » 2018 » Январь » 31 » O‘zbekistonda telefon raqamlari to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi
19:30

O‘zbekistonda telefon raqamlari to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi


O‘zbekistonda joriy yilda telefon raqamlari yettidan to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zbektelekom» kompaniyasi Facebook’da xabar berdi.

2018 yilda telefon raqamlari ikkita qo‘shimcha raqamga uzunroq bo‘ladi, mintaqa kodi qo‘shiladi. Shu tariqa shaharlararo raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish jarayoni ham yengillashadi.

Masalan: qayd etilgan aloqa abonenti raqamini chaqirish uchun raqamni 71XXXXXXX, 62XXXXXXX va hokazo shaklda terish kerak bo‘lsa, mobil raqam uchun - 90XXXXXXX, 93XXXXXXX, 97XXXXXXX v.h. Telefon raqamlarining 12 sondan iborat xalqaro shakli o‘zgarishsiz qoladi.

To‘qqizta sonli shaklga o‘tish mobil operatorlarda raqam diapazoni deyarli qolmagani, aloqa xizmatlariga talab esa kun sayin ortib borayotgani bilan bog‘liq.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: telefon raqam, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя