Главная » 2018 » Май » 7 » O‘zbekistonda “Uzpaynet” faoliyati to‘xtatiladi
11:13

O‘zbekistonda “Uzpaynet” faoliyati to‘xtatiladi


Xalq banki va “Mikrokreditbank”ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berildi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.

Qarorga muvofiq, “Uzpaynet“ MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: PAYNET | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя