Главная » 2017 » Июль » 8 » O‘zbekistonda xorijiy valyutalar uchun konvertatsiya rasman ochildi
18:46

O‘zbekistonda xorijiy valyutalar uchun konvertatsiya rasman ochildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, “Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xabar berilishicha, bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Lekin hozircha Markaziy bank Axborot xizmati ushbu yangilik haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43-bandida “Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi” deb belgilangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur konvertatsiya faqatgina yuridik shaxslar uchun ochilgan bo‘lib, hozircha ma’lum banklar tomonidan amalga oshiriladi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dollar konvertatsiya, rasman ochildi, O‘zbekistonda, xorijiy valyuta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя